Kolumbiyada ikki harbiy samolyot to‘qnashdi (video)
Olam
−
02 iyul 2023 7834 1 daqiqa
Kolumbiya Harbiy-havo kuchlarining ikkita A-27 Super Tucanos samolyoti harbiy baza yaqinida to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Semana” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida uchuvchilardan biri halok bo‘lgan. Ikkinchisi jiddiy jarohat olmagan, shifokorlar unga yordam berishmoqda.
Samolyotlar o‘quv parvozi vaqtida Bogotadan janubi-sharqda osmonda uchayotganda to‘qnashib ketgan. Nashr tomonidan e’lon qilingan videoda bir samolyot Apiay qishlog‘idagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida, ikkinchisi uchish-qo‘nish yo‘lagidan 1 km uzoqlikda qulaganini ko‘rish mumkin.
Voqea joyiga tekshiruv o‘tkazish uchun inspeksiya jo‘natilgan.
Super Tucano – yengil turbovintli hujumchi samolyot bo‘lib, Braziliyaning Embraer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu samolyotdan Braziliya, Kolumbiya, Nigeriya, Chili va boshqa mamlakatlarda foydalaniladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025