Kolumbiyada dahshatli zilzila bo‘ldi (video)
Olam
−
10 avgust 2614 1 daqiqa
Bugun, 10 avgust kuni Kolumbiyaning g‘arbiy qismida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila mamlakat va qo‘shni Ekvadorda sezilib, aholini uylar va binolarni tark etishga majbur qilgan.
AQSH Geologiya xizmati va Kolumbiyaning tegishli idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Kolumbiya poytaxti Bogotadan qariyb 400 kilometr g‘arbda, Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar munitsipalitetida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 107 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Choko gubernatori Nubiya Kordoba ijtimoiy tarmoqlarda mintaqaviy poytaxtda jarohatlanganlar borligi va binolarga jiddiy zarar yetganini ma’lum qilgan. Biroq u jabrlanganlar soni yoki yetkazilgan zarar ko‘lami haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Qayd etilishicha, bu zilzila iyun oyining oxirida Venesuelada ketma-ket sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali zilzilalar ortidan yuz bergan. Ushbu zilzilalar oqibatida yuzlab binolar vayron bo‘lib, 6 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. https://qalampir.uz/uz/news/venesueladagi-zilzilalar-k-urbonlari-6-100-nafardan-ortdi-140698
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya janubida – Neapol va uning atrofida 4,7 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgandi. Oqibatda kamida 21 kishi jarohatlan.