Kolumbiya Isroilga ko‘mir eksportini taqiqladi
Olam
−
19 avgust 2024 4696 1 daqiqa
Bugun, 19 avgust kuni Kolumbiyadan Isroilga ko‘mir eksport qilish taqiqi kuchga kirdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti veb-saytida xabar qilindi.
“Kolumbiya hukumati Isroilga ko‘mir eksport qilishni taqiqladi”, deyiladi xabarda.
Kolumbiya Savdo, sanoat va turizm vazirligi “Isroilga ko‘mir eksportini taqiqlovchi” farmonni e’lon qilgan. Cheklov bugun, 19 avgustdan kuchga kirdi.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya dunyodagi eng yirik ko‘mir eksportchilaridan biri bo‘lib, uning ulushi Isroil iste’mol qiluvchi yoqilg‘i importining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Kolumbiya hukumati Isroil-HAMAS urushi tufayli mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzganini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025