Kollejlarda kadrlar yangicha usulda tayyorlanadi

Jamiyat 1716
image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etildi. Ushbu tizim quyidagilarni nazarda tutadi:

  • kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun, shuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyojni hisobga olgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • kasbga o‘qitish nodavlat markazlarida band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish;
  • belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bilim va ko‘nikmalarni baholash nodavlat markazlari faoliyatini tashkil etish.

2019–2020 o‘quv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tayyorlash tartibi eksperiment sifatida joriy qilinadi.

Bu bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Kasb-hunar kollejlarida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash – ikki yilgacha, ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash – to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi.

Yirik korxonalar va klasterlarga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida o‘qishni bitirgach, davlat namunasidagi diplom yoki boshqa rasmiy hujjat beriladi.

Qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari huzurida kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari tashkil etildi.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida eksperiment tarzida tashkil etilayotgan band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Ishga marhamat” monomarkazi negizida “WorldSkills” metodologiyasiga muvofiq kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimi joriy etiladi. 

Shuningdek, 2019–2021 yillarda ishchi kasblarni yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 

Shunga ko‘ra, 2019 yil noyabr-dekabr oyida ishchi kasblari bo‘yicha dastlabki milliy chempionat o‘tkazilishi belgilangan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 27
Reyting: 2.8
Будьте в курсе событий!
×
×