Kontraktga chegirma stipendiyasiz miqdorga hisoblanadi

Jamiyat

image

Avvalroq pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi 2020/2021 o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishi ma’lum qilingan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, ushbu 10 foizlik chegirma stipendiyasiz shakldagi to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan hisoblanadi.

Ya’ni, stipendiyasiz kontrakt miqdori taxminan 7 mln so‘m bo‘lsa, 10 foiz chegirma bilan 6,3 mln so‘m to‘lanadi.

Hozirgi vaziyatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shimcha tushuntirish berishi kerak. Agar chegirma stipendiyasiz holatga nisbatan hisoblansa, nega shunday etib belgilangan?


Maqola muallifi

Teglar

talaba kontrakt

Baholaganlar

226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing