Kolizey devoriga sevgilisi va o‘zining ismini yozib qoldirgan sayyoh ushlandi

Olam

image

Rimdagi Kolizey tarixiy majmuasining devoriga sevgilisi hamda o‘zining ismini yozib qoldirgan yigit Rim politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, iyun oyining oxirlarida Rimga tashrif burgan sayyoh 2 000 yillik Kolizey devoriga sevgilisi va o‘zining ismini “Ivan+Haley 23” shaklida o‘yib yozgan hamda bu jarayonni boshqa bir sayyoh videoga olib ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Shundan so‘ng bu voqea ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lib, mamlakatdagi tegishli organlar tomonidan sayyoh yigit qo‘lga olingan.

Sayyohning advokati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yigitning ismi Ivan Dimitrov bo‘lib, hozirda u Rim prokuraturasi tomonidan madaniy boyliklarga yetkazgan zarari uchun tergov qilinmoqda. Sayyoh tomonidan Rim munitsipaliteti hamda prokuraturaga arizalar taqdim qilingan. U arizasida zarar keltirgan bino tarixiy yodgorlik ekanligini keyinchalik bilganini aytgan.

"Men bu holatni katta xijolat bilan tan olaman. Afsuski, yodgorlik qadimiy ekanligini keyinchalik bilib oldim", deya yozgan Ivan Dimitrov. 

Mamlakat Madaniyat vaziri Jennaro SanjulianoTwitter'dagi sahifasida sayyohning ushlangani va unga nisbatan chora ko‘rilishi yozgan.

"Bu voqea arxeologik yodgorliklar hamda tarixni qadrlaydigan odamlarni qattiq xafa qildi", deya u qo‘shimcha izoh ham qoldirgan.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, sayyoh bu qilmishi uchun 5 ming yevrogacha (5 400 dollar) jarima va 15 kunlik qamoq jazosiga tortilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Kolizey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing