Kogon shahri “to‘rtligi” ishdan olinishi mumkin

Jamiyat

image
Keraksiz majlis o‘tkazadiganlar ishdan ketadi – Prezident qat’iy ogohlantirdi north_east

Keraksiz majlis o‘tkazadiganlar ishdan ketadi – Prezident qat’iy ogohlantirdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor o‘tkazdi. Yig‘ilishda yoshlarning ko‘plab muammolari yechilmay qolayotgani tanqid qilindi.

"Kogon shahar 2-sektor rahbari (shahar prokurori Yarashev) yoshlar bilan uchrashuvda ularning 3 nafarini bir hafta muddatda ish bilan ta’minlayman, deb va’da bergan. Lekin oradan bir oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, natija yo‘q", deya misol keltirdi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbariga ko‘ra, bu shahardagi birorta sektor rahbari joylarga tushib ishlamayapti. Shu tufayli prezident Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga Kogon shahri sektor rahbarlarining lavozimga loyiqligini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi.

"Prokurorga vazifa, bir yillik ish haqini kassaga to‘lasin hammasi. Hamma bilsin shuni", deb topshiriq berdi Prezident.

Yig‘ilishda aytilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda 18–30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu – umumiy ishsizlik darajasidan 1,5 baravarga ko‘p.

Ammo Prezidentning ta’kidiga ko‘ra, hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan-da yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Kogon

Baholaganlar

143

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing