Kobi Brayant uchgan vertolyotning qulash sababi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2020 yilning yanvar oyida Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) chempioni Kobi Brayant, uning qizi va boshqa yo‘lovchilar bo‘lgan vertolyot uchuvchi ob-havo sharoiti bulutli ekaniga qaramay, yo‘nalishni o‘zgartirmagani uchun halokatga uchragan.

AQSH Milliy transport xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, uchuvchi Ara Zobayan katta ehtimol bilan bulutlar tufayli yo‘nalishni ololmagan. Boshqarma ko‘rsatmalariga binoan u bulutli hududni aylanib o‘tish uchun yo‘nalishni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan.

“U hatto tayyorlov vaqtida o‘rgatilgan ishlarni ham qilmagan”, deydi boshqarma vakili Tomas Chapman. Tergovchilar esa Brayant uchuvchiga bosim o‘tkazgani haqida hech bir dalilni aniqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 26 yanvarida 41 yoshli Brayant chiqqan shaxsiy vertolyot Los-Anjeles yaqinida halokatga uchradi. Uchuvchi va sakkiz yo‘lovchining hammasi, shu jumladan Brayantning 13 yoshli qizi Jianna halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kobi Brayant

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing