Klopp muxlislar bilan xayrlashuv marosimida ko‘ziga yosh oldi (video)

Sport

image

Yurgen Kloppning “Liverpul”dagi davri rasman yakuniga yetdi. Kecha, 28 may kuni nemis murabbiyi klub muxlislari bilan xayrlashuv uchrashuvi tashkil qildi. 

Xayrlashuv tadbiriga o‘n mingga yaqin muxlislar keldi. Uchrashuvdan oldin Klopp yig‘lamaslikka va’da bergandi, biroq u va’dasining ustidan chiqa olmadi.

Butun zal Klopp sharafiga qo‘shiq ayta boshlagan bir paytda Yurgen ko‘z yoshlarini tiya olmadi, keyin esa o‘rnidan turib, so‘nggi bor muxlislar qarshisida mashhur xatti-harakatini amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Klopp “Liverpul”ni 2015 yilning oktyabridan beri boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida klub tarixda ilk bor Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqdi, 2018/19 yilgi mavsumda esa Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Yurgen Klopp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made