Klopp hakamga aytgan gaplari uchun jazolanmaydi

Sport

image

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 18-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga (2:2) qarshi uchrashuv bosh hakami Pol Tirniga aytgan so‘zlari uchun jazolanmaydigan bo‘ldi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi epizodni qayta ko‘rib chiqdi va nemis mutaxassisiga nisbatan chora ko‘rmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Sky sports” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, o‘yindan so‘ng Klopp Tirniga qarata: “Menda sizdan boshqa hakamlar bilan hech qanday muammo yo‘q”, deb aytgan.

Germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida hakamning birinchi bo‘limda himoyachi Endryu Robertsonni mezbonlar hujumchisi Xarri Keyn tepgani uchun maydondan chetlatilmaganidan jaxli chiqqanini ma’lum qilgan. Murabbiy, shuningdek, Emersonning Diyego Jotaga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun “Tottenxem” darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi, deb hisoblaydi. 

Ma’lumot uchun, Klopp Robertsonning maydondan chetlatilishiga e’tiroz bildirmagan, biroq uning qo‘polligi VAR tizimida ko‘rilganiga hayron bo‘lganini ta’kidlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Tottenxem Klopp Pol Tirni

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing