Kleman Tyurpen 2025 yilning eng yaxshi hakami deb topildi
Sport
−
27 dekabr 2025 1007 1 daqiqa
Fransiyalik hakam Kleman Tyurpen Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra, 2025 yilda dunyoning eng yaxshi hakami deb e’tirof etildi. U ushbu reytingda Fransua Letekse va Shimon Marsinyakni ortda qoldirdi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
1984 yilda tashkil etilgan IFFHS tomonidan taqdim etilgan ushbu mukofot Turpinga ilk bor nasib etdi. U ushbu nominatsiyada avvalgi yillarda g‘olib bo‘lgan Shimon Marsinyak (2022 va 2023) hamda fransiyalik Fransua Letekseni (2024) ortda qoldirdi.
2019 yildan buyon doimiy ravishda eng yaxshi 10 hakam qatoridan joy olib kelayotgan, 2023 yilda uchinchi o‘rinni egallagan Tyurpen bu safar ushbu reyting peshqadamiga aylandi.
Live
Barchasi