Klasterlar va To‘qimachilik uyushmasi birlashtiriladi
Jamiyat
−
16 aprel 2024 6192 1 daqiqa
Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasi birlashtirilib, yagona "xom ashyodan tayyor mahsulotgacha" tizimiga o‘tiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda To‘qimachilik uyushmasi faoliyatini faollashtirish zarurligi ta’kidlangan. Jumladan, Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilingan.
"Sohadagi muammolarni tadbirkordan yaxshi biladigan odam yo‘qligi bois uyushmani to‘qimachilikning har bir yo‘nalishidagi tadbirkorlardan iborat kengash boshqaradi", degan Mirziyoyev.
Shuningdek, uyushma klasterlar va to‘qimachilik korxonalariga mahsulot, investitsiya, eksport va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga ko‘maklashishi, brendlar bilan ishlashning yaxlit tizimini yo‘lga qo‘yishi, xalqaro sertifikatlarga ega eksportchilar sonini oshirishi, yetakchi sorsing, brend va riteylerlarni jalb qilishi, Yevropa davlatlarida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishi muhimligi qayd etilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025