KXSHTga a’zolik muammolarni keltirib chiqaradi – armanistonlik siyosatchi

Olam

image

Armanistonning KXSHTga a’zoligi bu mamlakatga hech narsa olib kelmaydi. Bu haqda kecha, 4 iyun kuni Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Armaniston jamoat televideniyesi efirida ma’lum qildi.

“2020 yildan buyon Ozarbayjon tomonidan Armanistonga qarshi uchta yirik hujum uyushtirildi, bu hujumlarda KXSHT Armanistonga hech qanday yordam bermadi. Shu bois Yerevan Yevropa Ittifoqining monitoring missiyasini izlashiga to‘g‘ri keladi. Uchta hujumdan so‘ng, harbiy blok deb ataladigan tashkilot Armanistonga faktlarni aniqlash missiyasini taklif qilmoqda. Bu jiddiy emas”, deb ta’kidlagan Grigoryan. 

Xavfsizlik Kengashi kotibining ta’kidlashicha, KXSHTga a’zolik ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi, lekin hech bo‘lmaganda Armanistonning boshqa davlatlar bilan hamkorligini cheklamaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan qurol sotib olish masalasida G‘arbdagi hamkorlari bilan faol ishlamoqda. 

“Biz mavjud voqelikni ko‘ryapmiz. Ropssiya-Ukraina urushi ortidan Rossiyaning qurol eksport qilish imkoniyati unchalik katta emasligini hisobga oldik. Biz boshqa resurslarni qidirish yo‘lidan bordik. Ko‘plab mamlakatlar bilan qurol sotib olish masalasida qizg‘in muhokamalar olib borilmoqda”, deya tushuntirgan Armen Grigoryan.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing