KXSHT O‘zbekiston va uning qo‘shnisini tashkilotning ayrim ishlariga jalb etishga chaqirdi
Olam
−
20 iyun 2023
10193Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)ga a’zo davlatlar Turkmaniston va O‘zbekistonni tashkilotning Afg‘oniston yo‘nalishidagi faoliyatiga jalb etish imkoniyatlarini o‘rganishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni e’lon qilingan KXSHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonotida so‘z bordi.
“Biz Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasini Afg‘oniston kun tartibidagi tashkilot faoliyatiga jalb etish imkoniyatlarini o‘rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, KXSHT vazirlari Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi hamda xalqaro terrorchilik tashkilotlari, birinchi navbatda ISHID va uning bo‘limi “Xuroson viloyati”ning ushbu mamlakat hududida faollashishidan xavotir bildirgan.
Shu o‘rinda, KXSHTga a’zo davlatlar amaldagi afg‘on hukumatini terrorizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, mamlakatda terrorizmni yo‘q qilish va xalqaro terrorizm o‘chog‘iga aylanishining oldini olishga chaqirgan.
LiveBarchasi