KXSHT Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatga aralashmayapti, hozircha...

Olam

image

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida aholi punktlarini tartibga solish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqmayapti, biroq tomonlar yordam so‘rab murojaat qilsa, tashkilot tegishli imkoniyatni ko‘rib chiqadi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni KXSHT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov ma’lum qildi.

Tashkilot kotibiyati KXSHTda tojik-qirg‘iz chegarasidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha aniq rejalar mavjudligi haqida OAV tarqatgan ma’lumotlarga e’tibor qaratgan. 

“Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara muammosi haqiqatan ham mavjud. Bu tashkilotning oliy organi – Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyalarida, boshqa nizom organlarining yig‘ilishlarida bir necha bor muhokama qilingan”, degan Zaynetdinov.

Shu bilan birga, u KXSHTga a’zo davlatlarning harbiy idoralari tomonidan ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilmayotganini ma’lum qilgan. 

“Bu masala bo‘yicha Dushanbe va Bishkek o‘rtasidagi ishlar ikki tomonlama kanallar orqali davom etmoqda. Shu bilan birga, har ikki davlat rahbarlari siyosiy va diplomatik yechimga muqobil yo‘l yo‘qligini tasdiqlamoqda. Agar Qirg‘iziston va Tojikiston KXSHT salohiyatidan foydalanish uchun ariza bersa, u amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘rib chiqiladi”, degan KXSHT matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston-Qirg'iziston KXShT tojik-qirg'iz chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing