KXSHT rahbarlari noyabr oxirida Armaniston-Ozarbayjon masalasi uchun to‘planmoqchi

Olam

image

Noyabr oyi oxirida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyat masalasini qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqadi. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlari bo‘yicha Belarus Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yuriy Ambrazevich jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Keyingi bir necha hafta davomida bu masala qanday ko‘rib chiqilishi haqida ma’lum bir tasavvur mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin kunlarda Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya Federatsiyasining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tomonlar bu masala noyabr oyining oxiriga rejalashtirilgan KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishiga kelishib oldi”, deya Belarus Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi BelTA agentligi. 

Ambrazevichning so‘zlariga ko‘ra, bugungi uchrashuvda KXSHT Bosh kotibi boshchiligidagi va Armaniston-Ozarbayjon chegarasi hududida ishlagan monitoring missiyasi natijalari bo‘yicha vaziyat juda jiddiy va ochiq muhokama qilingan. 

“Eng muhimi, tomonlar tashkilotimizning ushbu masalalarga nisbatan istiqbolli munosabatini muhokama qila oldilar”, deydi Belarus Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)ning Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) Baku va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyatlarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘ldi.

Sessiya bugun, 28 oktyabr kuni videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing