KXSHT Pashinyanning a’zolikni “muzlatish” haqidagi bayonotiga izoh berdi
Olam
−
23 fevral
5874Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Kotibiyati Armanistondan tashkilotdagi a’zolikni to‘xtatib qo‘ygani haqida hech qanday bayonot olgani yo‘q. Bu haqda tashkilot Kotibiyatiga tayanib, TASS xabar berdi.
“Bugungacha KXSHT Kotibiyati Yerevandan tashkilotga a’zolikni to‘xtatib qo‘ygani haqida hech qanday bayonot olgani yo‘q. Ishtirok etishni muzlatish haqidagi tezisga kelsak, aftidan, gap Armaniston Respublikasining KXSHT tomonidan so‘nggi paytlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmasligi haqida ketmoqda", deyiladi Kotibiyat bayonotida.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning sentyabr oyida Belarusda bo‘lib o‘tgan KXSHT jamoaviy kuchlarining “Jangovar birodarlik-2023” operativ-strategik mashg‘ulotlarida ham, oktyabrda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tgan “Buzilmas birodarlik – 2023” qo‘shma mashg‘ulotlarida ham Armaniston qatnashmagan. Noyabr oyida Belarus poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan KXSHT sammitida ham Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yig‘ilishda qatnashmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nikol Pashinyan “France 24” telekanaliga bergan intervyusida respublika KXSHTdagi ishtirokini to‘xtatganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi