KXSHT endi axborot xavfsizligini jilovlamoqchi

Olam

image

Kecha, 22 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti a’zolari Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashi va Davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining qo‘shma majlisi ishtirokchilari 20 ga yaqin hujjat, jumladan, Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni kelishib oldi. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik uchrashuv yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Qo‘shma majlis yakunlari bo‘yicha siyosiy va harbiy-siyosiy sohalarda, shuningdek, zamonaviy xatarlar va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish sohasida qator hujjatlar imzolandi. 20 ga yaqin hujjat. Birinchi hujjat KXSHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining Yevroosiyo makonining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumiy yondashuvlar to‘g‘risidagi bayonoti bo‘lib, bu mintaqadagi mavjud harbiy-siyosiy vaziyatda alohida ahamiyatga ega”, deydi Aleynik.

U ikkinchi muhim hujjat Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Xavfsizlik kengashi kotiblari qo‘mitasining KXSHTga a’zo davlatlarning KXSHT axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari ro‘yxati to‘g‘risidagi qo‘shma qarori.  

“Virtual makonda xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bir sharoitda bu masala ahamiyat kasb etmoqda”, deydi vazir. 

Uning qayd etishicha, yig‘ilish ishtirokchilari tashkilotni mustahkamlash va unga a’zo davlatlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator hujjatlar loyihalarini ham kelishib olgan. Ular bugun, 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Kengashi sessiyasida davlat rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taklif etiladi.

KXSHTga 2023 yilda tashkilotga raislik qiladigan Belarusdan tashqari Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo. 


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing