KXDRda yuzaga kelgan og‘ir vaziyat tufayli 12 davlat elchixonasi yopildi
Olam
−
01 aprel 2021
12933Koreya Xalq Demokratik Respublikasida 12 davlatning diplomatik vakolatxonalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi va mamlakatdagi og‘ir vaziyat, shu jumladan tovar va dori-darmonlarning yetishmasligi sababli xalqaro gumanitar tashkilotlarning barcha chet ellik xodimlari KXDRni tark etdi. Bu haqda Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasi Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, joriy yilning 18 mart kuni 38 nafar chet el fuqarosi mamlakatni tark etgan va bu "KXDRdan diplomatik vakolatxonalar xodimlarining jamoaviy ketishi"ning oxirgisi emas.
"Bir narsa aniq, afsuski, bu oxirgisi bo‘lmaydi, chet elliklarning bu yerdan ko‘chishi davom etadi. Hozirgi paytda ham bu yerda 290 nafardan kam chet ellik qolgan.
Koreya poytaxtidan chiqib ketayotganlarni tushunish mumkin. Har kim ham misli ko‘rilmagan umumiy cheklovlarga, zarur tovarlarning, shu jumladan dori-darmonlarning keskin tanqisligiga va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni hal qila olmaslikka dosh berolmaydi", deyilgan bayonotda.
Ta’kidlanganidek, mamlakatda Buyuk Britaniya, Venesuela, Braziliya, Germaniya, Italiya, Nigeriya, Pokiston, Polsha, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya va Fransiyaning diplomatik vakolatxonalari yopilgan.
LiveBarchasi