KXDRda “Tottenxem” o‘yinlari translyatsiyasi taqiqlandi

Sport

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda Janubiy Koreya futbolchilari ishtirokidagi futbol o‘yinlarini translyatsiya qilinishini taqiqladi. Bu haqda “Football Xtra” X sahifasi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Kim faqatgina “Tottenxem”ni emas, balki Angliya Premer ligasida to‘p tepuvchi Janubiy Koreya terma jamoasi vakillari ishtirokidagi barcha o‘yinlarni translyatsiya qilinmasligini ma’lum qilgan. Masalan, “Tottenxem”da Son Xyon Min, “Brentford”da Kim Su va “Vulverxempton”da Xvang Xi Chan kabilar to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreyada APL o‘yinlari translyatsiya qilinadi, ammo 4 oy vaqt o‘tganidan so‘ng. Doimiylik 90 daqiqadan 60 daqiqagacha qisqartirilgan va o‘yindan keyin darhol kechki yangiliklar efirga uzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Tottenxem Son Xyon Min Janubiy Koreya futbolchilari ishtirokidagi futbol o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing