KXDRda AQSH bilan munosabatlar qanday holatda ekanligi aytildi

Olam

image

Shimoliy Koreyaning tashqi ishlar vaziri Li Son Gvon KXDR va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yilda bo‘lib o‘tgan sammitdan beri ishonchsiz bo‘lib qolganini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.

Uning fikricha, ikki yil oldin AQSH va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik yanada yaxshilanishiga umid bor edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan mamlakatlar "umidsizlikka qaytishdi".

“Munosabatlar yana umidsizlik kayfiyatiga qaytdi”, dedi Li Son Gvon.

Ma’lumot uchun, AQSH - Shimoliy Koreya sammiti 2018 yil 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tdi. Sentosa orolidagi Kapella mehmonxonasida mamlakat rahbarlari yakuniy hujjatga imzo chekkan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing