KXDR Janubiy Koreyaga yana axlatli sharlar uchirdi
Olam
−
18 noyabr
3282Bugun, 18 noyabr kuni ertalab Shimoliy Koreya uch haftalik tanaffusdan so‘ng Janubiy Koreyaga 40 ga yaqin axlat sharlarini uchirdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Axlat sharlarining qariyb yarmi Seul va Markaziy Kyongido viloyatiga qulab tushgan.
Xabarda, shuningdek, sharlarda Janubiy Koreyani tanqid qiluvchi varaqalar bo‘lgani va xavfli vositalar bo‘lmagani aytilgan.
Seulning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya axlat sharlarini uchirishda chegarani kesib o‘tgan.
“Harbiylarimizning sabr-toqatini sinamang”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXDRdan yuborilgan chiqindi sharlaridan biri Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi Prezidentlik majmuasi ustida havoda yorilib ketgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi