KXDR Janubiy Koreyaga yana axlat sharlarini yubordi

Olam

image

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga yana axlat sharlarini uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Koreya Respublikasi harbiylari fuqarolardan ushbu noma’lum ob’ektlarga yaqinlashmaslikni va ular topilgani haqida rasmiylarga xabar berishni so‘radi.

Turli ommaviy axborot vositalarida Seul yaqinida osmonda noma’lum narsalar topilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ular KXDRdan kelgan varaqalar ekani taxmin qilinmoqda. Harbiylar ushbu vaziyatga nisbatan chora ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan uch kun muqaddam tunda Shimoliy Koreya 150 dan ortiq sharlarni chegara orqali Janubiy Koreyaga yuborgandi. Ularning ichida turli xil chiqindilar – plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va hatto go‘ng ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing