KXDR Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi – OAV
Olam
−
04 may 2022
7573Bugun, 4 may kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kyodo” agentligi.
Bu ma’lumotni shuningdek, mamlakat Mudofaa vazirligi va sohil qo‘riqlash xizmati ham tasdiqlagan.
Yapon dengizi zonasidagi tijorat kemalaridan xavfsizlik choralarini kuchaytirish va axborotlarni kuzatib borish talab qilingan. Sohil xavfsizlik xizmati, shuningdek, dengizda raketaning parchali suzib yurgani aniqlansa, hech qanday holatda ham unga yaqinlashmaslikka chaqirgan.
Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligi mamlakat Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, KXDR rasmiylari Yapon dengizi tomon noma’lum raketa uchirgani haqida xabar bergan. Janubiy Koreya harbiylari nima bo‘lganini o‘rganmoqda va bu ballistik raketa bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi joriy yilning 17 aprel kuni Yapon dengizi tomon raketa uchirgandi.
LiveBarchasi