KXDR yangi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Mudofaa fanlari akademiyasi “Xvason-8” gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda STAK agentligi xabar bergan.  

Bundan avval esa bu haqda Janubiy Koreyaning “Renxap” agentligi xabar bergan edi. Janubiy Koreya qo‘shni davlat Yapon dengizi tomon noma’lum o‘q otganini ma’lum qilgandi. 

“KXDR Mudofaa fanlari akademiyasi yaqinda Chagando provinsiyasida ishlab chiqilgan “Xvason-8” gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi”, deyilgan KXDR xabarida. 

KXDR mamlakatning zamonaviy mudofaa tizimini ishlab chiqishda yangi raketani uchirishning strategik ahamiyatini ta’kidlab, sinov paytida uning texnik ko‘rsatkichlarini muvaffaqiyatli tekshirish mumkinligini qayd etgan. 

Ta’kidlanishicha, olimlar raketaning navigatsiya boshqaruvini, uning manevr qobiliyatini, shuningdek KXDRda birinchi marta taqdim etilgan “yonilg‘i ampulasini” tekshirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari uzoq masofaga uchuvchi yangi qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing