KXDR Sariq dengizga ikkita raketa uchirdi
Olam
−
17 avgust 2022
6055Bugun, 17 avgust kuni Shimoliy Koreya harbiylari Sariq dengiz tomon ikkita raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchirish Yun Sok Yolning Janubiy Koreya Prezidenti sifatidagi 100 kunlik davriga to‘g‘ri kelgan va Janubiy Koreya hamda AQSH o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlanishiga o‘ziga xos javob bo‘lgan.
“Shimoliy Koreya bugun ertalab Janubiy Pxyonan provinsiyasidagi Onchxon shahridan G‘arbiy (Sariq) dengizga uchirilgan ikkita qanotli raketani aniqladi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, qanotli raketalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzmayapti, balki uzoq masofalarga aniq zarbalar berish qobiliyati tufayli kattaroq xavf tug‘dirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasida joriy yilning 9 mart kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda “Fuqarolik kuchi” yetakchi muxolifat partiyasi nomzodi Yun Sok Yol g‘alaba qozondi. 10 mart kuni esa rasman o‘z lavozimiga kirishdi.
Yun Sok Yol 2027 yilgacha davlat rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlaydi.
LiveBarchasi