KXDR Sariq dengiz tomon artilleriyadan o‘q uzdi. Rasmiy Seul Pxenyanni ogohlantirdi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi artilleriyadan Sariq dengiz tomon 100 ga yaqin o‘q uzdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, snaryadlar 2018 yildan boshlab kelishuvlar asosida ikki Koreya tomonidan tashkil etilgan dengiz bufer zonalariga tushgan.

“Shimoliy Koreya tomonidan davom etayotgan ushbu provokatsiya Koreya yarimorolidagi tinchlik va barqarorlikka, shuningdek, xalqaro hamjamiyatga zarar yetkazuvchi harakatdir. Biz keskin ogohlantiramiz va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kecha, 18 oktyabr kuni Shimoliy Koreya harbiylari Yapon dengizi tomon artilleriyadan 150 ta o‘q uzgan. 

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya sentyabr oyi oxiridan beri raketa sinovlarini tez-tez o‘tkazib kelmoqda. Oktyabr oyi boshida KXDR tomonidan uchirilgan ballistik raketa besh yil ichida birinchi marta Yaponiya arxipelagi ustidan uchib o‘tdi, bu Tokio, Seul va jahon hamjamiyatining boshqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Bunga javoban, Janubiy Koreya ballistik raketa uchirilishining kuchayishi munosabati bilan Shimoliy Koreyaning 15 nafar fuqarosi va 16 ta muassasasiga bir tomonlama sanksiyalar kiritdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing