Janubiy Koreya tinmay raketa uchirayotgan KXDRni jazoladi
Olam
−
14 Oktabr 2022 17195 1 daqiqa
Janubiy Koreya ballistik raketa uchirilishining kuchayishi munosabati bilan Shimoliy Koreyaning 15 nafar fuqarosi va 16 ta muassasasiga bir tomonlama sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Biz Shimoliy Koreyaning misli ko‘rilmagan chastotadagi so‘nggi raketa provokatsiyalarini keskin qoralaymiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sanksiyalar ro‘yxatidan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi raketa dasturiga aloqador yuk tashish firmalari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish uchun materiallar xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar o‘rin olgan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, Seul deyarli besh yil ichida birinchi marta KXDRga qarshi yangi sanksiyalar kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya sentyabr oyi oxiridan beri raketa sinovlarini tez-tez o‘tkazib kelmoqda. Oktyabr oyi boshida KXDR tomonidan uchirilgan ballistik raketa besh yil ichida birinchi marta Yaponiya arxipelagi ustidan uchib o‘tdi, bu Tokio, Seul va jahon hamjamiyatining boshqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Bunga javoban AQSH va Janubiy Koreya “yer-yer” tipidagi ikkita raketani uchirdi. “Yonhap” agentligining Janubiy Koreya Bosh shtabiga tayanib xabar berishicha, Amerika va Janubiy Koreyaning ATACMS raketalari Yapon dengizi tomon yo‘naltirilgan. Seul tomonidan otilgan raketalardan biri harbiy baza hududiga tushgan.
Live
Barchasi