KXDR birdaniga uchta raketa uchirdi – Yaponiya 

Olam

image

Avvalroq, bugun 12 may kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizxi tomon ballistik raketa uchirgani haqida xabar bergan edik.

Yaponiya Mudofaa vaziri Nobuo Kishining ma’lum qilishicha, KXDR uchirgan ballistik raketaning maksimal parvoz balandligi taxminan 100 kilometrni tashkil qilgan.  

“Shimoliy Koreya sharqiy yo‘nalishda uchta ballistik raketa uchirdi. Ularning maksimal parvoz balandligi taxminan 100 kilometrni tashkil etdi, ular taxminan 350 kilometr masofani bosib o‘tdi. KXDRning bunday harakatlari mamlakatimiz va butun xalqaro hamjamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soladi. Shu munosabat bilan biz Pekindagi elchixona orqali norozilik bildirdik”, degan Kishi. 

Ma’lumot uchun, bu Shimoliy Koreyaning 2022 yilda o‘tkazgan 16-raketa sinovidir. Shimoliy Koreya oxirgi marta joriy yilning 7 may kuni Yapon dengiziga qisqa masofali ballistik raketa uchirgan. O‘shanda Pxenyan raketa uchirilganini rasman e’lon qilmagan va u qanday raketa ekanligi haqida izoh bermagan. Bungacha ballistik raketa uchirilishi joriy yil 4 may kuni bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing