KXDR Bayden ma’muriyatining aloqa o‘rnatishga urinishlarini mensimayapti – OAV

Olam

image

AQSHning yangi Prezidenti Jozef Baydenning ma’muriyati diplomatik yo‘llar orqali hanuz Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) hukumati bilan aloqa o‘rnata olmadi. Bu haqda “Reuters” agentligi Oq uydagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bayden ma’muriyati fevral oyi o‘rtasidan beri KXDR hukumati bilan aloqa o‘rnatishga urinyapti, jumladan, BMTning Pxenyandagi missiyasi orqali. Biroq bu urinishlar hozircha samara bermayapti.

Nashrga ko‘ra, mart oyida Baydenning Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrif amalga oshirishi fonida Shimoliy Koreya ma’muriyatining aloqa o‘rnatishni istamasligi xavotir uyg‘otmoqda.

Manbaga ko‘ra, AQSH va KXDR o‘rtasidagi faol muloqot bir yil oldin, mamlakatning sobiq Prezidenti Donald Tramp davrida to‘xtab qolgan. Ammo buning sababi ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashgan birinchi AQSH Prezidenti bo‘lgan. U 2018 yil yozida amalga oshgandi. O‘shanda KXDRga nisbatan sanksiyalar yumshatilishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Biroq bular amalga oshmay qolib ketdi.

Jo Bayden saylovoldi kampaniyasi paytida uning Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashuvi faqat KXDR yadroviy qurolsizlanishga rozi bo‘lgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi deb aytgan. Bayden 2021 yil boshida ish boshlaganidan beri uning ma’muriyati AQSHning KXDRga nisbatan siyosati qanday bo‘lishi haqida rasmiy ma’lumot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-KXDR

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing