Tramp KXDRga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni bekor qildi

Olam

image

AQSH prezidenti Donald Tramp KXDRga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Tramp gap AQSH Moliya vazirligi hozirda mavjud sanksiyalarga qo‘shimcha tarzda ishlab chiqqan cheklovlar haqida borayotganini ta’kidlagan.

“Men bugun (kecha, 22 mart kuni) ushbu qo‘shimcha sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risida buyruq berdim”, degan AQSH prezidenti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Oq uy Matbuot kotibi Sara Sandersning qayd etishicha, Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi aloqalari sabab qo‘shimcha sanksiyalar shart emas, degan qarorga kelgan. Ammo gap aynan qanday cheklovlar haqida borayotgani aytilmagan.

Avvalroq Shimoliy Koreya mamlakatga nisbatan sanksiyalarning amal qilishiga hech qanday asos yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi 27-28 fevral kunlari Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar belgilangandan ikki soat avval to‘xtatilgan va yakunda hech qanday qo‘shma hujjat imzolanmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-KXDR Donal'd Tramp sanktsiya

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing