KXDR AQSH bilan harbiy mojaroga tayyor – Kim Chen In

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan AQSH bilan har qanday harbiy mojaroga to‘liq tayyor ekanini e’lon qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi KXDR davlat OAVlariga tayanib xabar bermoqda.

“Yana bir bor aniq aytamanki, Shimoliy Koreya AQSH bilan har qanday harbiy qarama-qarshilikka to‘liq tayyor”, degan Kim Chen In 1950-1953 yillardagi Koreya urushidagi sulhning 69 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda so‘zlagan nutqida.

Shuningdek, u Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolni Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreyaga zarba berishga “xavfli urinish” qilsa, yo‘q qilinishidan ogohlantirgan.

“Agar Janubiy Koreya rejimi va harbiy bezorilar bizga harbiy yo‘l bilan hujum qilishni o‘ylab, ma’lum harbiy vositalar yoki usullar asosida harbiy kuchimizning bir qismini oldindan zararsizlantirish yoki yo‘q qilish mumkinligiga ishonsa, ular xato qiladi”, degan Shimoliy Koreya rahbari.

Koreya urushi — KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi 1950 yil 25 iyundan 1953 yil 27 iyulgacha davom etgan mojaro. Ko‘pincha bu “Sovuq urush” davri mojarosi Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari hamda Xitoy va Sovet kuchlari o‘rtasidagi proksi urush sifatida qaraladi. Urush yakunlangani rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

890

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing