KXDR 5 kunda Yaponiya tomon uchinchi raketani uchirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun, 29 sentyabr kuni ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xabar berdi.

Yaponiya patrul kemalari mintaqadagi boshqa kemalarni raketa parchalari topilsa, ularga yaqinlashmaslikka va zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishga chaqirdi.

“Kyodo” axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, KXDR uchirgan raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi tashqarisiga tushgan. Hozircha talafotlar haqida ma’lumot yo‘q.

Qayd etish kerakki, bu Shimoliy Koreyaning so‘nggi besh kun ichida Yaponiya tomon uchirgan uchinchi raketasi bo‘ldi.

Yil boshidan buyon KXDR 20 ta qurol sinovini o‘tkazdi. So‘nggi marta kecha, 28 sentyabr kuni raketa uchirildi. Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning maksimal parvoz balandligi taxminan 50 km bo‘lgan ikkita ballistik raketasi taxminan 300 va 350 km masofani bosib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing