Kiyevga uranli snaryadlar yetkazish yadroviy eskalatsiyaga olib kelmaydi – Britaniya 

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Ukrainaga tarkibida uran bo‘lgan snaryadlarni yetkazib berishi mojaroning yadroviy kuchayishiga olib kelmaydi. Bu haqda bugun, 22 mart kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli ma’lum qildi.

“Yadroviy eskalatsiya yo‘q. Yadroviy jihatlar haqida gapiradigan yagona davlat – bu Rossiya. Mazkur holat Rossiyaga hech qanday tahdid solmaydi, bu Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam beradi, xolos”, deydi Jyms Kleverli.  

Shuningdek, Britaniya Mudofaa vazirligi snaryadlar tarkibidagi uranni o‘nlab yillar davomida qo‘llanilayotgan zirhli teshuvchi o‘q-dorilarning standart komponenti deb atagan va Moskvaning ularni Ukrainaga yetkazib berishga munosabatini qasddan yo‘ldan ozdirishga urinish deb baholagan.

Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi esa Londonni Kiyevga bunday snaryadlarni topshirmaslikka chaqirgan. Diplomatik missiya bu qadam mojaroning kuchayishiga olib kelishi va bunday o‘q-dorilardan foydalanish mahalliy aholi salomatligiga ta’sir qilishini bildirgan. 

Esatib o‘tamiz, Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari baronessa Annabel Goldi hukumat Ukrainaga zirhli transport vositalarini yo‘q qilish samaradorligini oshiradigan, tarkibida uran bo‘lgan snaryadlar yetkazib berishini e’lon qilgan edi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bu harakat yadroviy to‘qnashuv tobora yaqinlashayotganini anglatishini aytdi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ham agar Buyuk Britaniya bunga qaror qilsa, birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qiladigan global fojia sodir bo‘lishidan ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya Rossiya-Ukraina snaryad Kleverli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing