Kiyevga dron hujum qildi
Olam
−
18 noyabr 2023
11506Bugun, 18 noyabr kuni Rossiya kamikadze dronlari bilan Kiyev shahriga, shuningdek, Kiyev, Odessa va Xmelnitskiy viloyatlariga hujum qildi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.
Ukraina harbiy-havo kuchlari Kursk viloyatidan uchirilgan 38 ta drondan 29 tasini urib tushirganini ma’lum qilgan bo‘lsa, poytaxt ma’muriyati shahar bo‘ylab uchirilgan 10 ta dronning barchasi urib tushirilganini aytgan.
Odessa viloyatida esa bitta dron energetika infratuzilmasi ob’ektiga zarba bergan. Bir kishi jarohatlangan.
Xerson viloyatida so‘nggi 24 soat ichida Rossiya tomonidan o‘t ochilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi. Viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Prokudinning so‘zlariga ko‘ra, snaryadlar viloyatdagi aholi punktlarining turar-joylari va Berislavskiy tumanidagi Madaniyat uyiga tushgan.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina uchuvchisiz samolyotining Bryansk viloyatiga hujum qilishga urinishi haqida xabar bergan.
Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov esa kecha, 17 noyabr kuni mintaqadagi aholi punktlariga artilleriya va minomyotlardan 40 dan ortiq hujumlar qayd etilgani, shuningdek, bir qancha qishloqlarga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujum qilingani haqida yozgan. Gladkov hujumlarda Ukraina Qurolli kuchlarini ayblagan va otishma oqibatida qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligini qayd etgan.
LiveBarchasi