Kiyevda ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisada kamida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC Rossiya xizmati xabar berdi.

Portlash kecha, 22 iyun kuni Darnits tumanidagi 9 qavatli uyda sodir bo‘lgan. Portlash natijasida 4-8 qavatlar vayron bo‘lgan. Uydan 20 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan, 3 kishi vayrona ostidan chiqarib olingan.

Keyinroq ikki kishining jasadi topilgan.

FVV portlashga gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgan deb taxmin qilyapti. Portlash natijasida yong‘in yuz bermagan. O‘z navbatida Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov portlashning ikkita taxminiy sababini aytib o‘tdi.

“Birinchi versiya, Gaz portlagan, ikkinchisi, portlash portlovchi uskuna yordamida uyushtirilgan”, degan Avakov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shahar hokimi Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, portlash yettinchi qavatda sodir bo‘lgan. Hokimiyat barcha jabrlanuvchilarga yordam berishi aytildi.

Hozirda portlash yuz bergan uy atrofi o‘rab olingan, qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlar bor-yo‘qligini tekshiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Kiev

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing