Kiyevda AQSH elchixonasi xodimi o‘lasi qilib kaltaklandi
Olam
−
30 Sentabr 2020
9756Ukraina poytaxti Kiyevda AQSH elchixonasi xodimi vafot etdi. Uning o‘limiga ayovsiz kaltaklanishi sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Bu haqda Ukraina Milliy politsiyasi boshqarmasi ma’lum qildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa mas’ul davlat idoralari xodimlari boshidan jarohat olgan ayolni Shevchenko tumanidagi temir yo‘l yaqinidan topishgan.
“Ayolni bexush holatda shifoxonaga yotqizishgan va u o‘sha yerda vafot etgan. Jabrlanuvchining buyumlarini tekshirishganda AQSH elchixonasi xodimining shaxsiy guvohnomasi topilgan”, deyiladi politsiya xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, uning o‘limiga sochi kalta qilib olingan, yoshi 30-40 lardagi, bo‘yi ikki metrdan pastroq erkak sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Tergovchilar va politsiya xodimlari ayol jon bergan shifoxona va hodisa ro‘y bergan joyda tekshiruv ishlarini olib boryapti va guvohlarni aniqlayapti. Taxminiy bezori qidirilyapti.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, ayolning ismi Sanver Nikayelo va u AQSH fuqarosi. Yuz bergan holat bo‘yicha “Qasddan odam o‘ldirish” moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.
LiveBarchasi