Kiyev yaqinida poyezd relsdan chiqib ketdi

Olam

image

Kiyev yaqinidagi Borispol shahrida yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda shahar meri Vladimir Borisenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Poyezd Privokzalnaya ko‘chasidagi kesishmada relsdan chiqib ketdi. Endi bekatdan ertalabgacha harakat cheklanadi”, deydi shahar meri.

Qayd etilishicha, ushbu hududda xalqaro aeroport ham joylashgan. Harakatning cheklanishi tufayli Borisenko aholini muqobil yo‘llardan foydalanishga chaqirgan. 

Biroq oradan bir yarim soat o‘tgach, vaziyat tezda bartaraf etilgani va yo‘l harakati yo‘lga qo‘yilganini aytgan. Mer hodisa sabablari hamda jabrlanganlar va yetkazilgan zarar haqida ma’lumot bermagan.Avvalroq, joriy yilning 20 fevral kuni ham Ukrainada xuddi shunday hodisa kuzatilgan. Volin viloyatida Kiyevdan Varshavaga ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni kechqurun Gretsiyaning Tempi shahrida yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketgandi. Oqibatda 40 kishi halok bo‘lib, 85 kishi jarohatlangan edi. Gretsiya Infratuzilma va transport vaziri Kostas Karamanlis mazkur halokatdan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing