Kiyev Putinning xavfli qarori ortidan BMT Xavfsizlik kengashini chaqirishni talab qildi

Olam

image

Ukraina Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish ehtimoliga javoban BMT Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini zudlik bilan chaqirishga taklif qildi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan bayonotda aytildi.

Qayd etilishicha, Ukraina Britaniya, Xitoy, AQSH va Fransiyadan Kremlning yadroviy tahdidiga qarshi samarali choralar ko‘rishini kutmoqda. Shu maqsadda Kiyev BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini zudlik bilan chaqirishni talab qilgan.

“Ukraina jahon hamjamiyatining barcha a’zolarini jinoyatchi Putin rejimiga o‘zining navbatdagi yadroviy provokatsiyalarining qat’iyan nomaqbulligini isbotlashga va tajovuzkor davlatning yadro qurolidan foydalanish ehtimolini samarali to‘xtatish va oldini olish uchun qat’iy choralar ko‘rishga chaqiradi. Rossiya tahdid va qo‘rqitish vositasi sifatida emas, balki urushning oldini olish vositasi sifatida yadroviy qurolning mas’uliyatli boshqaruvchisi bo‘lishga surunkali qobiliyatsizligini yana bir bor tasdiqladi. Butun dunyo insoniyat sivilizatsiyasining kelajagiga tahdid soluvchiga qarshi birlashishi kerak”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva Minsk tomonining iltimosiga ko‘ra, o‘zining taktik yadroviy qurollarini Belarusga joylashtirishini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, Ukraina Yevropadan Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin BMT yadro quroli Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing