Kitobning hayfsan olgan sobiq hokimi yuqoriroq lavozimga ko‘tarildi
Jamiyat
−
14 iyun 2022
12983Bugun, 14 may kuni Alisher Isomiddinovich Zokirov Qashqadaryo viloyat hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Endi u viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.
Mazkur tayinlovga qadar Alisher Zokirov Kitob tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. U bu lavozimga 2019 yilning oktyabr oyida tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni Alisher Zokirovga faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan oxirgi marotaba hayfsan berilgan edi.
Ma’lumot uchun, bugun Kitob tumani hokimi etib O‘ktam Berdimurodovich Pardayev tayinlandi.
Avvalroq, hayfsan olgan Gurlan hokimi yuqoriroq lavozimga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi