Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
02 aprel 2024
7478Qashqadaryo viloyatidagi Kitob tumaniga Rustam G‘afurov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 2 aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda deputatlar Rustam Abdirasulovich G‘afurovni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Rustam G‘afurov 1984 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi bank akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Murodjon Abdurahimov Toshkent viloyatidagi Chirchiq shahri hokimi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



