Kit ikki ayolni qayig‘i bilan yutib yubordi (video)

Olam

image

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Kaliforniyaning San-Luis-Obispo ko‘rfazida kit qayiqda sayr qilayotgan ikki ayolni yutib yuborgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. “My Modern Met” nashri voqea tafsilotlarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Juli MakSorli va Liz Kottriel qayiqda sayr qilayotganida to‘satdan ularni ulkan kit yutib yuborgan, biroq darhol ayollarni og‘zidan chiqarib tashlagan. Ayollar hech qanday jarohat olmagan.

Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, hammasi shu qadar tez bo‘lganki, ular voqea sodir bo‘lganidan keyin kadrlarni ko‘rmagunlaricha kitning og‘ziga kirib, chiqqanini ham sezmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2020 yilning kuzida, Avila plyaji yaqinidagi ko‘rfazda ayni kitlar faol bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Kayakchilar va eshkak eshuvchilar bu yerga ularning ovqatlanishini kuzatish uchun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kaliforniya

Baholaganlar

3453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing