Kisidaga uyushtirilgan suiqasd haqida nimalar ma’lum?

Olam

image

Yaponiya raisligidagi G7 tadbirlarining birinchi kunida Bosh vazir Fumio Kisida yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.

Vakayama prefekturasida Bosh vazir nutqi boshlanishidan oldin bir kishi hukumat boshlig‘i yoniga tutunli bombaga o‘xshash buyumni uloqtirgan, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

Kisida voqea joyidan evakuatsiya qilingan va tez orada boshqa joyda nutq so‘zlagan.

Bir politsiyachi yaralangan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri portlash yoki qisqa siqilish natijasida jarohat olganmi, hozircha ma’lumot berilmagan.

Portlash tashkilotchisining shaxsi aniqlangan – bu Kavanishi shahrida yashovchi 24 yoshli Ryuji Kimura bo‘lib chiqqan.

Hodisa Yaponiyaning G7’ga raisligidagi vazirlar uchrashuvlarining birinchi kunida yuz bergan. 15 aprel kuni Sapporoda (Hokkaydo prefekturasi) Iqlim, energetika va atrof-muhit vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Ertaga, 16 aprel kuni Karuizavada G7 Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlanadi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, portlash tadbirlar jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.

Bunga qaramasdan, Karuizavada kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Shaharda yo‘l to‘siqlari o‘rnatilgan, yig‘ilish ishtirokchilari va jurnalistlar keladigan markaziy vokzalni esa politsiya o‘z nazoratiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash suiqasd Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing