Kisida Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida o‘g‘irlab ketilgan fuqarolar masalasini hal qilish uchun Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 27 may kuni ushbu masalaga bag‘ishlangan xotira tadbiridagi nutqida aytib o‘tdi. 

“Rahbarlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash nihoyatda muhim. Yuqori darajadagi uchrashuvni tez orada amalga oshirish uchun maslahatlashuvlar o‘tkazishni istaymiz”, degan Fumio Kisida.

Aytish joizki, Shimoliy Koreya razvedka xizmatlari tomonidan yaponiyalikning o‘g‘irlanishi mavzusi rasmiy diplomatik aloqalarni saqlamaydigan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi eng og‘riqli mavzulardan biridir. 2002 yilda Pxenyan bor-yo‘g‘i 13 nafar yapon fuqarosi o‘g‘irlab ketilganini tan olgan va ulardan besh nafariga o‘z vatanlariga qaytishga ruxsat bergan. Qolganlari o‘lgan deb e’lon qilingan, jasadlari ularning yaqinlariga jo‘natilgan. Biroq ularning haqiqiyligini tasdiqlab bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, 2014 yil may oyida Yaponiya va KXDR hukumatlari yapon fuqarolarining o‘g‘irlanishi bo‘yicha yangi tergov o‘tkazishga kelishib olgan, biroq keyinchalik Pxenyan tashabbusi bilan bunga aloqador komissiya tarqatib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Yaponiya Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing