Kisida Baydenga Super Mario o‘yinchoqlarini sovg‘a qildi

Olam

image

AQSHda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida AQSH Prezidenti Jo Baydenga 2024 yil boshida zilziladan jabr ko‘rgan Yaponiyaning Noto mintaqasidan qo‘lda yasalgan esdalik sovg‘alari hamda Nintendo kompaniyasining Super Mario Bros. qahramonlari tasvirlangan turli tovarlarni sovg‘a qildi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.


 
Qayd etilishicha, Kisida nomidan Amerika Prezidentiga yapon texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlangan Wajima-Nuri kofe stakanlari va yozuv asboblari to‘plami sovg‘a qilingan. Yaponiya Bosh vaziri Baydenga Super Mario Bros. olamidagi qahramonlar, jumladan, aka-uka Mariolarning, shuningdek, malika Pich va Yoshi dinozavrlari o‘yinchoqlarni sovg‘a qildi. To‘plamga, shuningdek, idishlar, sumka va franchayzing qahramonlari tasviri tushirilgan futbolka kiradi. 

O‘z navbatida, Yaponiya hukumati rahbarining rafiqasi Yuko Kisida Jill Baydenga yapon zargarlari yasagan taqinchoqlar to‘plami – bilaguzuk, zanjir va sirg‘alarni sovg‘a qildi.

Yaponiya Bosh vaziri AQSHda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Unga Tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava hamda Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Ken Saito hamrohlik qilmoqda. Kisida bugun, 10 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazishi, ertaga esa AQSH Kongressida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Bundan tashqari, Filippin Prezidenti kichik Ferdinand Markos ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaponiya Jo Bayden Fumio Kisida Super Mario

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing