Kirish imtihoni testida murakkab savollar 50 foizga qisqartirildi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida test sinovlaridagi savollar qanday bo‘ladi? Bu haqdagi savollarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Musayev quyidagicha javob berdi:

“30 ta savoldan iborat testda 6 ta oddiy savol, 18 ta o‘rta savol va 6 ta  murakkab savol qo‘yilar edi. Kecha Davlat test markazi bilan maslahatlashib oldikki, bu yil oddiy savolni 6 tadan 9 taga ko‘paytiramiz. O‘rta savol 18 taligicha qoladi, murakkab savol esa 6 tadan uchtaga kamaytiriladi. 

Ko‘rib turibsizki, pandemiya jarayoni bo‘ldi. Yoshlarning ham boshidan ma’lum qiyinchiliklar o‘tdi. Ularga shu kabi yengilliklarni yaratish ustida ishlayapmiz”. 


Maqola muallifi

Teglar

kirish imtihoni

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing