Kir Starmer Ukrainaga bordi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga bordi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Starmer va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mudofaa, fan, energetika va savdo kabi sohalarni qamrab oluvchi “100 yillik sheriklik” shartnomasini imzolaydi. Kelishuv tomonlarni mudofaa sohasida va texnologik loyihalarda, jumladan, dronlar bo‘yicha hamkorlik qilishini nazarda tutadi. Shuningdek, shartnoma Ukraina doni yetkazib berilishini kuzatishga yordam beruvchi tizimni joriy etishni ham ko‘zda tutadi.

“Gap faqat bugun haqida emas, balki mamlakatlarimizga keyingi asr uchun investitsiyalar haqida bormoqda”, dedi Britaniya Bosh vaziri o‘z tashrifi avvalida.

“The Guardian” nashrining yozishicha, Kir Starmer Kiyevga iqtisodiyotni tiklash uchun 40 mln funt sterling ajratilishini e’lon qiladi. Bu uning iyul oyida Bosh vazir lavozimiga kirishganidan buyon Ukrainaga birinchi tashrifi. U bunga qadar – 2023 yilda muxolifat yetakchisi sifatida ushbu mamlakatga borgan edi. Shuningdek, Bosh vazir sifatida u Vladimir Zelenskiy bilan ikki marta telefon orqali muzokara olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kir Starmer yaqin haftalarda Ukrainaga tashrif buyurib, sulh shartlari kelishilgan taqdirda xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing