Kimning qizini vorislikka tayyorlash tezlashdi – Seul
Olam
−
06 aprel 4034 1 daqiqa
Shimoliy Koreya yetakchi Kim Chen Inning taxminan 13 yoshlardagi qizi Kim Ju Eni mamlakatning oliy lavozimiga voris sifatida tayyorlashni tezlashtirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga (NIS) tayanib, “Yonhap” xabar berdi.
“Ju E yaqin vaqt ichida mudofaa bilan bog‘liq sohalarda ko‘rinish berdi. Bu ayol vorisga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish va vorislik qiyofasini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni tezlashtirishga qaratilgan deb taxmin qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
So‘nggi vaqtlarda KXDR yetakchisining qizi ishchi safarlarida unga bir necha bor hamrohlik qildi. Ular birgalikda yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan foydalangan holda zarba berish mashqlarini kuzatdi, shuningdek, Koreya xalq armiyasining poytaxt mudofaa korpusi o‘quv bazasidagi taktik mashg‘ulotlar paytida tankda yurdi. Bundan avvalroq esa Ju Ening miltiq va to‘ponchadan o‘q uzayotgan suratlari ham ommaga taqdim etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Ju E mamlakatning raketa dasturi bilan bog‘liq yo‘nalish kuratoriga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi