Kimning qayerda karantinda saqlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar koronavirusni keng yoyilishining oldini olish maqsadida turli viloyatlardagi karantin markazlariga joylashtirilgan. Tanish-bilishlari yoki qarindoshlari chet eldan uchib kelgan fuqarolar ularning tashxisi va karantin qachon yakuniga yetishi haqida qayerdan bilish mumkin?

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchib kelganlar va karantinda saqlanayotganlar haqidagi to‘liq ma’lumotni koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish Shtabidan, 71-276-49-66 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilish mumkin.

Ta’kidlanishicha, ma’lumot olish uchun reys, sana va qaysi davlatdan uchib kelganligini aytish zarur.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

327

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing