Kimlar yakuniy maktab imtihonlaridan ozod qilinadi?

Foydali 4272
image

O‘quvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar ro‘yxati kengaytirildi. “Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.

Shu tariqa, maktab o‘quvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:

•    mukovissidoz, aralash shakli, og‘ir turi (kasallik kodi Ye84);
•    plevrit (J90-K94);
•    nospetsifik yarali kolit (zo‘riqish davri, K51);
•    jigar pirrozi (dekompensatsiya davri, K74.6).

Nizomga muvofiq xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga to‘g‘ri kelsa, bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy attestatsiyadan ozod etiladi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 117
Reyting: 3
Teglar
t
×
×